date
views 2 953

O‘q otar qurol qo‘llagan holda sodir etilgan jinoyat yuzasidan bayonot

O‘q otar qurol qo‘llagan holda sodir etilgan jinoyat yuzasidan bayonot
2020 yil 6 fevral kuni soat 00.10 larda Qo‘qon shahar, General Uzoqov ko‘chasida joylashgan choyxonda fuqaro J.J. fuqaro B.M. va uning ikki nafar sheriklari bilan janjallashgan.

Janjal davomida, J.J. choyxona kirish eshigi oldida turgan B.M. va uning sheriklariga o‘zida bo‘lgan o‘q otar qurol (ov miltig‘i) dan ikki marotaba o‘q otib, tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan.

Jabrlanuvchilar olgan jarohatlarning og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 2-qismi "a, p" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘q otar qurol qo‘llagan holda sodir etilgan jinoyat yuzasidan bayonot