date
views 3 940

Ma’muriy sudyalar - ularning sud ishlarini olib borish prinsipidan xabaringiz bormi?

Ma’muriy sudyalar - ularning sud ishlarini olib borish prinsipidan xabaringiz bormi?
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risida”gi kodeksi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti toomnidan 2018 yil 25 yanvarda tasdiqlanib kuchga kirgan.
Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar odil sudlovni O‘zbekiston Respublikasi MSIYUtK asosida amalga oshirib kelmoqda.

Yuqoridagi kodeksning 2 bobi esa aynan sudyaning sud ishlarini yuritish prinsipiga bag‘ishlangan. Sudya birinchi navbatda “qonun va sud oldida tenglik prinsipi”ga amal qilishi lozim ya’ni ma’muriy ishlar bo‘yicha odil sudlov fuqarolarning kim bo‘lishi u qanday maqomga ega bo‘lishi, jinsi, irqi, millati, kelib chiqishidan qa’tiy nazar sud va qonun oldida teng bo‘lishi lozim.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga yo‘llagan murojaat va ma’ruzalarida ta’kidlanayotgan prinsip bu “sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishidir”. Sudya odil sudlovni amalga oshirishda mustaqildir va faqat qonunga bo‘ysunadi.

Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalarning ish olib borish prinsiplaridan yana biri esa sud muhokamasining oshkoraligidir.

Sudlarda ishlar muhokamasi oshkora o‘tkaziladi. Davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo‘lgan taqdirda, ishni yopiq sud majlisida eshitishga yo‘l qo‘yiladi. Ishni yopiq majlisda videokonferensiyaaloqa rejimida eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday majlisning audio va videoyozuvi esa amlga oshirilmaydi. Sudning hal qiluv qarori barcha holatlarda oshkora o‘qib eshittiriladi.

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashklotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. Sud hujjatini bajarmaslik qonunga ko‘ra javobgarlikka sabab bo‘ldi.

Quva tuman ma’muriy
sudining raisi
A.Jumayev
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ma’muriy sudyalar - ularning sud ishlarini olib borish prinsipidan xabaringiz bormi?