date
views 2 725

Yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta’minlanadi

Yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta’minlanadi
Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

2020 yil 1 aprelga qadar amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda:
- keng polosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish;
- yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor Internet bilan ta’minlash;
- 800 ming keng polosali ulanish abonent portlarini o‘rnatish;
- ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini kengaytirish;
- 40 ta server qurilmasi va 5 ta komplekt ma’lumotlarni saqlash tizimini o‘rnatish;
- mobil aloqa tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish;
- olis aholi yashash joylarida mobil aloqa tarmog‘ini kengaytirish orqali 2 mingdan ziyod baza stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish;
- optik tolali aloqa liniyalari tarmoqlarini qurish;
- FTTx texnologiyasi orqali 12 000 km optik tolali aloqa liniyalarini qurish;
- loyihani amalga oshirish natijasida aholiga sifatli keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta’minlanadi