18:30 / 12.02.2020
3 884

MIB Xiva tumani yirik miqdordagi soliq qarzdorligini undirdi

MIB Xiva tumani yirik miqdordagi soliq qarzdorligini undirdi
Majburiy ijro byurosi Xiva tuman bo‘limi tomonidan sud qaroriga asosan soliq qarzini undirish borasida samarali ishlar tashkil etilib kelinmoqda. Xususan, Bog‘ot tumanlararo iqtisodiy sudining 20.12.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Xivaneftgazqurilish” unitar korxonasidan Xiva tuman DSI foydasiga 3,0 mlrd. so‘m soliq qarzni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjati MIBning Xiva tumani bo‘limiga kelib tushgan edi.

Qarzdorlikni bartaraf qilish yuzasidan korxonaga qonunda belgilangan tartibda bir necha bor ogohlantirishlar berilishiga qaramasdan qarzdor budjet oldidagi qarzini o‘z muddatida bartaraf qilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorlikni undirish korxonaning mol mulkiga qaratildi.

Biroq, korxonaning soliq qarzini qoplashga yetarli ayrim asosiy vositalari, jumladan transport vositalari joyida emasligi aniqlanib, ushbu transport vositalariga byuro vakolatlaridan foydalangan holda qidiruv e’lon qilinib, 12 ta transport vositalari topilishi hamda Respublikaning turli burchaklaridan olib kelinishi ta’minlanib, E-IJRO AUKSION tizimiga elektron onlayn auqtsion savdolarini tashkil etish uchun joylashtirilishi ta’minlandi.

Natijada, korxonaning balansida bo‘lgan “KRAN P.D.K-250-S”-rusumli mashinasi 137,9 mln. so‘mga, “XAOYUN”-rusumli mashinasi 355,4 mln. so‘mga, “HOWO ZZ5257GJBN3841W”-rusumli mashinasi 325,0 mln so‘mga, “KAMAZKS35714K”-rusumli mashinasi 241,1 mln. so‘mga, “ISUZU NQR 71PL”-rusumli mashinasi 167,2 mln. so‘mga va “NEXIA”-rusumli mashinasi 21,7 mln. so‘mga sotilishi ta’minlanib, davlat foydasiga jami 1248,4 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Xiva tumani yirik miqdordagi soliq qarzdorligini undirdi