
Majburiy ijro byurosining Mirzaobod tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining 31.01.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor X.Qurbonovdan undiruvchi Yu.Xolmurodova foydasiga bir nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment pullari undirilishi belgilangandi.
Biroq, ota qonuniy talabga bo‘ysunish o‘rniga bo‘yin tovlay boshladi. Ammo qonunga bo‘ysunish, uning ijrosini ta’minlash har bir fuqaro uchun majburiydir.
MIB Mirzaobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi Z.Ermonqulovning qarzdorga aliment undiruvidan bo‘yin tovlash borasidagi qonuniy jazolar, har qanday sharoitda ham ota o‘z mas’uliyatini his etishi xususidagi tushuntirish ishlari o‘z samarasini berdi. O‘z xatosini tushunib yetgan qarzdordan to‘lanmay qolgan jami 8,9 mln. so‘m aliment pullari undirilib, undiruvchi Yu.Xolmurodovaga tilxat orqali topshirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar