
16 fevral kuni «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortida 34 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 16 fevral kuni soat 15:05 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan I.A. ismli fuqaro Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Amirsoy» dam olish maskanida to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, fuqaroning vafot etishiga yurak xastaligi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 21 dekabrida foydalanishga topshirilgan «Amirsoy» kurortida ushbu fojia ikkinchi holat hisoblanadi. Joriy yilning yanvar oyi boshlarida ham bir chang‘ichi yo‘qolib qolgan edi, qidiruv ishlari natijasida u chang‘i trassasidan tashqarida o‘lik holda topilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar