
Aliment undirish to‘g‘risidagi murojaatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hal qilish nafaqat bolalar huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi, balki ona-onalar mas’uliyatini oshirishga ham ko‘maklashadi.
Aliment undirish ota-ona uchun ma’qul bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat’iy nazar bolalarning kerakli tarbiya va ta’minot olishlari, sog‘lom ulg‘ayishlari uchun zarur chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ushbu masalaga duch kelgan ota-ona voyaga yetmagan bolaning huquq va manfaatlarini uning ta’minoti orqali himoya qilish to‘g‘risida xabardor bo‘lishlari shart.
Majburiy ijro byurosi Romitan tumani bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining qarzdor R.Soliyevdan undiruvchi G.Allanazarova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud. Majburiy ijro harakatlari davomida voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun 20 000 000 so‘m aliment pullari undirib berildi va bolaning manfaatlari himoya qilindi.
Yodda tuting: Aliment undirishning ikkita yo‘li mavjud - ota-ona o‘rtasida aliment kelishuvi tuzish orqali ixtiyoriy to‘lash, sud buyrug‘i yoxud sudning hal qiluv qarori asosida majburiy undirish. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar