date
views 3 393

Qachongacha «laylak haydab» yuramiz?!

Qachongacha «laylak haydab» yuramiz?!
«Tesla» 100% o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil ishlab chiqardi va sotishni boshladi.
Bizda haliyam orqa oynaga parda o‘rnatish mumkin yoki mumkin emasligi baxsli.

Yaponlar «5G»ni ishga tushirdi.
Bizlar shaharma-shahar, tumanma-tuman, tomma-tom antenna qidirib yuribmiz.

Ukrainalik aviamuhandis Vladimir Tatarenko favqulotda holatlarda qismlarga ajraladigan samolyot yaratdi.
O‘zbekistonda dron uchirganlar javobgarlikka tortildi.

Amerika ko‘zga ko‘rinmas qurollar ixtiro qildi.
Vodiy bozorlaridagi barcha pichoqlar to‘mtoqlashtirildi.

Qovun deputatlar, tappi yoqqan obod xonadon, is gazidan o‘lgan go‘dak va boshqalar haqida indamadim.

Abduqodir Muhammadrasul

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qachongacha «laylak haydab» yuramiz?!