«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati joriy yilning 21-23 mart kunlari nishonlanadigan Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlar chiptalari uchun mavjud tariflarga chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabar berdi.
Chegirmalar nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar uchun 50% chegirma taqdim etiladi.
Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek oilaviy nikox guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda, hamkasablarga (4 kishidan ortiq - yo‘riqnoma asosida) 15 % chegirma, «Afrosiyob» elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga – 10% taqdim etiladi.
IZOH: Yuqorida qayd etilgan chegirmalar faqat temir yo‘l kassalarida rasmiylashtiriladi. Ammo, ushbu chegirmalar elektron chiptalarni rasmiylashtirishda taqdim etilmaydi, chunki bu jarayon texnik jihatdan mavjud emas (mutaxassislar ushbu funksiyani takomillashtirish borasida ishlashmoqda).
Chegirmalar bo‘yicha boshqa qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami yoki joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi