
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida yashovchi, 1963 y.t. A.Yu. ismli ayol Qo‘shrabot tumani «Mingtepa» mahallasida yashovchi, 1996 y.t. A.J.ni Tailandga yuborish va undan fohishalikda foydalanish uchun A.A. ismli ayoldan 1.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.Yu.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar