Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
1 mart kuni kuni Toshkent vaqti bilan soat 2:40da Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY514 reysi Seuldan Toshkentga yetib keldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning ma’lum qilishicha, reys orqali kelgan samolyotda jami 253 yo‘lovchi bor.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy tekshirish institutining yuqumli kasalliklar bo‘yicha tajribali mutaxassis va epidemiolog-shifokorlari yo‘lovchilarni samolyotdan chiqish vaqtida dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.
Seuldan olib kelinganlardan 182 nafari O‘zbekiston fuqarolari, 71 nafari xorijiy mamlakatlar fuqarolaridir. Xorijiy fuqarolardan 49 nafari evakutsiya doirasida olib kelingan, 22 nafari esa tranzit yo‘lovchilardir.
Endilikda yo‘lovchilarning 231 nafari (182 o‘zbekistonlik va 49 nafar o‘zbekistonlik) koronavirus O‘zbekistonga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, xavfsiz sanitariya-epidemiologik holatni ta’minlash hamda aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasasiga joylashtiriladi va ikki hafta davomida karantinda saqlanadi. 22 nafar tranzit yo‘lovchilar esa belgilangan tartibda izolyatsiya qilinib, keyinroq Uzbekistan Airways aviakompaniyasi reysi orqali o‘z mamlakatiga uchib ketadi.
Ma’lumot uchun, 1 martdan boshlab Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"