Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar yap-yalang‘och erkakning Samarqand shahri ko‘chasida yurib borayotgani, so‘ng omma tomonidan ushlab olinib, so‘roq qilingani aks etgan video tarqalgandi.
Voqea 29 fevral kuni tungi soat 23:50 atrofida Samarqand shahri, Sartepo maskanida sodir bo‘lgan.
Ushbu tartibbuzarlarning shaxsi aniqlanib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani haqida xabar berilgandi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha, Samarqand shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining 2020 yil 2 mart kunidagi qaroriga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun, fuqaro J.N.ga 15 sutkaga muddatga, fuqaro O‘.T.ga 15 sutkaga muddatga, fuqaro X.D.ga 10 sutkaga muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi