
Internet ijtimoiy tarmog‘ining “MILITSIYA UZB” kanalida e’lon qilingan “Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida uchastkovoy bir ayol bilan qo‘lga tushib qoldi” sarlavhali videorolik yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Mazkur videorolikda Kasbi tuman markazida joylashgan go‘zallik salonida fuqarolar va IIB xodimi A.Umidov o‘rtasida 2018 yil 08 noyabr kunidagi bo‘lib o‘tgan tortishuv aks etgan.
Mazkur holat yuzasidan 2018 yil dekabr oyida tegishli soha xizmati mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Qarshi shahar IIO FMB 2-son IIB HPB TP profilaktika katta inspektori, lavozimida ishlagan mayor Umidov Ahror Murodullayevichga “Egallab turgan lavozimidan ozod etish” jazosi qo‘llanilib, u kam hajmli lavozimga o‘tkazilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar