date
views 2 261

O‘zJOKUda afg‘onistonlik yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zJOKUda afg‘onistonlik yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Termiz davlat universiteti bakalavr hamda magistratura talabasi bo‘lgan Afg‘oniston davlati fuqaroligidagi bir guruh yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshlanishida, O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev so‘zga chiqib, Afg‘oniston yoshlari va bizning yoshlarimizni Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk bobolarimiz va qo‘shnichilik munosabatlari doimo birlashtirib turishini hamda qo‘shni davlat yoshlariga O‘zbekistonda ilm olish uchun yaratilgan ulkan sharoitlarning borligi, ularga doimo hurmatda bo‘lishimizni ta’kidladi.

Tadbir davomida Afg‘onistonlik tengdoshlarimiz o‘zlarining qiziqishlari, ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
- Bugun jurnalistika universiteti talabalari barcha sohada o‘ziga xos bilimga egaligi, chet tillarini yaxshi bilishi, jahon hamda dunyo adabiyotidagi juda ko‘p asarlarni mutolaa qilganligi bilan menda o‘zgacha taassurot qoldirdi, — deydi Shams Sodot Pariso Afg‘oniston fuqarosi, Termiz davlat universiteti 1- bosqich magistranti.

– Biz bu universitetga o‘qishga kelgan kunimizdanoq bizni o‘zbek xalqi o‘zgacha samimiylik, mehmondo‘stlik bilan kutib olishdi. Yoshlarga bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarning keng jabhaga tatbiq etilgani bizni juda xursand qildi. Men bugun O‘zbekiston yoshlari bilan ishlab, ular bilan bilim olayotganimdan bog‘oyatda xursandman. Mening ota-onam asli O‘zbekistonlik. Men o‘zbek tilini ulardan o‘rganganman. Yoshligimda ular o‘zining ota-onasi, bobolari to‘g‘risida aytib berardi. Bu xalqning mehmondo‘stligini eshitgandim, o‘qishga kelib buning isboti bo‘ldim.

Talabalarimiz o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda ularning fikri bilan qiziqib, fikr almashishdi hamda o‘z ijodlaridan turli she’r, qo‘shiqlarni ijro etib berdi.

Murodjon RAHMATOV
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zJOKUda afg‘onistonlik yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
-->