00:30 / 08.03.2020
6 236

Shavkat Mirziyoyev: Aziza, biz siz bilan faxrlanamiz. O‘zbekistonga tez-tez kelib turing

Shavkat Mirziyoyev: Aziza, biz siz bilan faxrlanamiz. O‘zbekistonga tez-tez kelib turing
Aziza Shonazarova Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlanan bayram tadbirida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHdagi Kolumbiya universitetining professori etib tayinlangan Aziza Shonazarovani O‘zbekiston yoshlari uchun chinakam ibrat namunasi deb atadi. Davlat rahbarining matbuot xizmati tarqatgan axborotga ko‘ra, Prezident bu haqda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 7 mart kuni o‘tkazilgan bayram tadbirida aytib o‘tgan.

- Yaqinda ommaviy axborot vositalari orqali iste’dodli yosh olima Aziza Shonazarovaning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi nufuzli Kolumbiya universitetining professori etib tayinlangani haqida xushxabar tarqaldi.

Poytaxtimizning Qoraqamish dahasida voyaga yetib, Toshkent sharqshunoslik institutida, keyinchalik Polsha va AQSHdagi mashhur universitetlarda ta’lim olgan Azizaxon 32 yoshida tarix va dinshunoslik yo‘nalishida fan doktori bo‘lgani, 500 ta talabgor orasida konkursda g‘olib chiqib, ana shunday yuksak ilmiy darajaga erishgani olqishga sazovordir.

Bu singlimizning ayni vaqtda yaxshi oila bekasi va ona ekani, arab, fors, turk, rus, ingliz, fransuz, nemis, polyak tillarida erkin muloqot qilishi, erishayotgan yuksak natijalari mamlakatimiz yoshlari uchun chinakam ibrat namunasi bo‘ladi, deb ishonaman.

Azizaxon o‘z xursandchiligini yurtdoshlari bilan baham ko‘rish uchun olis yo‘l bosib, AQSHdan O‘zbekistonga yetib keldi. Kelinglar, yosh olimamizni samimiy tabriklab, unga yanada ulkan yutuqlar tilaylik
, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etish joiz, professor Aziza Shonazarova O‘zbekiston Prezidentining 7 martdani farmoniga muvofiq «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi. Bayram tadbiridan so‘ng Aziza Shonazarovaning ta’kidlashicha, u orden bilan taqdirlanishidan bexabar bo‘lgan.

Yosh olima mukofotni Prezidentning qo‘lidan olayotganida, Shavkat Mirziyoyev unga nima deganini ham ma’lum qildi: «Aziza, biz siz bilan faxrlanamiz. O‘zbekistonga tez-tez kelib turing». O‘zining tan olishicha, u O‘zbekistonga yilda bir-ikki marta kelib turadi.

«Markaziy Osiyoda tasavvufning rivojlanishiga ayollarning qo‘shgan hissasi mavzusiga qiziqaman. Doktorlik dissertatsiyam ham Markaziy Osiyoda so‘fiy ayollar va gender tarixi bilan bog‘liq. Shu sababli, Prezidentga ham endi O‘zbekistonga tez-tez kelib turishimni aytdim», — deya qo‘shimcha qildi Aziza Shonazarova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Aziza, biz siz bilan faxrlanamiz. O‘zbekistonga tez-tez kelib turing