07:00 / 10.03.2020
2 938

Tejamkormisiz?

Tejamkormisiz?
Shaxsda tejamkorlik xususiyatini aniqlash uchun savollarni diqqatingizga havola etamiz. Ushbu savollar tufayli o‘zingizni pul ishlatishdagi uquvingiz qay darajada ekanligini bilib olsasiz.

1.Hamyoningizda qancha pul borligini har doim bilib yurasizmi?
2.Tug‘ilgan kun hamda bayramlarda birovga sovg‘a qilish va birovdan sovg‘a olish kishi uchun ahamiyatsiz deb hisoblaysizmi?
3.Arzon kiyimlar do‘konidan kiyim sotib olishni yoqtirasizmi?
4.Teatrda eng arzon bilet olish to‘g‘ri deb o‘ylaysizmi?
5.Har oyda eng kamida 1000 so‘m pulni tejab qola olasizmi?
6.Lotoreyada katta mikdordagi pul yutug‘i chiqsa, ish joyini tashlab ketarmidingiz?
7.Faqat qimmatbaho va yuqori sifatli buyum sotib olish to‘g‘rimi?
8.Birovga hech bir sababsiz, sitqidildan sovg‘a bera olasizmi?
9.Kreditga buyum olish maqsadga muvofiqmi?
10.Ertangi kun uchun pul jamg‘armay, hozircha yaxshi yashasak bas, deb o‘ylaysizmi?

Har bir savolga “ha” degan javob uchun 10 ball, “yo‘q” degan javob uchun esa 0 balldan qo‘yib borasiz. 1-5 savollar uchun ballar yig‘indisi sizning tejamkor yoki xasisligingizni ko‘rsatadi (A-guruh).
6-10 savollar uchun ballar yig‘indisi esa siz saxiy yoki isrofgar ekanligingizdan darak beradi (B-guruh).
Agar har ikkala guruhdagi ballar yig‘indisi o‘zaro teng bo‘lsa, demak siz tejamkor, ham saxiy odam ekansiz.

Mabodo, ballar yig‘indisi har xil bo‘lsa, kattasidan kichigini ayirish kerak. Masalan, A guruhida 40, B guruhida 20 ball jamg‘argan bo‘lsangiz, demak A guruhi B guruhidan 20 ballga ko‘p ekan. Ana endi javoblarni ko‘rib chiqing:

A guruh B guruhdan 10-20 ballga ko‘p bo‘lsa: pulni oqilona sarflaydigan tejamkor odamsiz, nazari past emassiz, ammo o‘zingizni moddiy jihatdan ta’minlangan, deb his qilishni yoqtirasiz.
30-40 balldan ortiq bo‘lsa: saxiy emassiz, biron nimaga ega bo‘lishingizni o‘ziyoq sizni juda quvontiradi. Mabodo ko‘proq pul sarflashga majbur bo‘lib qolsangiz, astoydil kuyinib ketasiz.
50 balldan ko‘p bo‘lsa:xasis, qurumsoq odamsiz. Pul tejashga bo‘lgan intilishingizni qarigan chog‘im uchun yig‘yapman, degan bahonangiz ham sizni oqlay olmaydi.

B guruh A guruhdan 10-20 ballga ko‘p bo‘lsa: muruvvatli saxiy odamsiz. Pulga ruju qo‘ymaysiz, lekin uni behudaga sovurmaysiz ham.
30-40 balldan ko‘p bo‘lsa: pulingiz ko‘p bo‘lsa, uni nimaga sarflashni yaxshi bilasiz. Biron narsa sotib olishni juda yoqtirasiz. Ertaning g‘amini chekmay, shu bugun yaxshi yashashni o‘ylaysiz.
50 balldan ortiq bo‘lsa: pul ishlatishni bilmaysiz. Uni behudaga sovurasiz. Tezroq biron kishi bilan maslahatlashib, pulni ishlatish kerakligini o‘rganib oling. Aks holda pul tashvishidan boshingiz chiqmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tejamkormisiz?