Azim Suyun
Bugun, 9 mart kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Azim Suyun olamdan o‘tdi.
Atoqli shoir, madaniyat va jamoat arbobi Azim Suyun (Suyunov Azimbay Alimovich) 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan. Ilk she’riy mashqlari, maqolalari o‘quvchilik kezlaridayoq yoritila boshladi. Birinchi kitobi «Mening osmonim» (1978) o‘ttiz yoshida dunyo yuzini ko‘rdi.
Shundan so‘ng shoirning «Zarb» (1979), «Zamin taqdiri» (1981), «Xayolot» (1984), «Ziyo yo‘li» (1986), «Javzo» (1987), «Olis tonglar» (1989), «Kuyganim — suyganim» (1992), «Sarbadorlar» (1994), «Qora ko‘zing sening» (1994), «Saylanma» (1997), «O‘zlik» (1999), «Sharq xikmati» (2000), «Ey do‘st» — she’riy qayirmalar (2005), «Vatan fasllari» (2007), «Muhabbat hayratlari» (2009), «Andiz o‘sgan yerlarda» (2012), «Ey do‘st» — nasriy qayirmalar (2014), «Navoiydan topdim» (2015), kitoblari nashr etildi.
Azim Suyun haqso‘z jurnalist-publitsist sifatida ham tanilgandi. 1990-1993 yillarda «Xalq so‘zi» gazetasida bo‘lim muharriri, 1993-2002 yillar «O‘zbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalarida Bosh muharrir, 2002 yilning fevral oyidan 2013 yilgacha «Guliston» jurnali Bosh muharriri lavozimlarida ishladi.
Azim Suyun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlagan. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati etib saylangandi.
Shoirning oxirati obod bo‘lsin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar