date
views 3 274

Ota o‘z vaqtida xulosa chiqarmagan edi…

Ota o‘z vaqtida xulosa chiqarmagan edi…
Urganch shahrida yashovchi T.Yuldashev bir nafar farzandi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 19,1 mln. so‘m aliment pullarini to‘lamaganligi uchun 2019 yil sentabr oyida unga sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazozi qo‘llanilgan edi. Biroq T.Yuldashev bundan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmadi.

Majburiy ijro byurosi Urganch shahar bo‘limi tomonidan qarzdor T.Yuldashovga aliment to‘lovlari o‘z vaqtida qoplanishi ta’minlanmagan taqdirda, qat’iy choralar, ya’ni jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirishlarga qaramasdan, u turli bahonalar bilan to‘lovlarni paysalga solib kelaverdi.

Kamiga endi T.Yuldashev qolgan oylar hisobi bilan jami 22,9 mln. so‘m aliment to‘lashi zarur edi.
T.Yuldashevning ushbu harakatlari o‘ziga qimmatga tushdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida T.Yuldashevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi hukm o‘qildi hamda 1 yil 6 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi qo‘llanildi.

Qonun hamma uchun barobardir, har qanday huquqbuzarlik qonunlar orqali tartibga solinishi muqarrar ekan, yuqoridagi bee’tibor otaning qismatiga tushib qolishdan oldin farzandlarimizning kelajagi haqida qayg‘ursak maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota o‘z vaqtida xulosa chiqarmagan edi…