22:26 / 12.03.2020
3 243

Qaynonani “tunagan” shaxs kelini bo‘lib chiqdi

Qaynonani “tunagan” shaxs kelini bo‘lib chiqdi
"Oltinning shaytoni bor" deyishadi. Darhaqiqat, bu "sariq shayton" nafs quliga aylangan, pulu mol-dunyoga xirs qo‘ygan kimsalarni o‘z nog‘orasiga o‘ynatadi. Bundaylar shayton vasvasasiga uchib, o‘z yaqinlarini ham ayamaydilar.

Shunday holat Buxoro shahrida sodir bo‘ldi. Xususan 37 yoshli D.A ismli ayol o‘z qaynonasi, 1948 yilda tug‘ilgan nafaqadagi M.T.ning yotoqxonasida saqlanayotgan jami 12.000.000 so‘m qiymatdagi tilla taqinchoqlar hamda 500.000 so‘m naqd pullarni o‘g‘irlagan. E’tiborlisi, D.A ushbu jinoiy qilmishini qaynonasi uyda yo‘qligidan foydalanib, bir martada emas, bir necha marotaba sodir qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.

Biroq "qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda bo‘lsa ham chiqadi". Xullas ayni paytda o‘g‘irligi fosh bo‘lgan kelin qilmishlari uchun javob bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan D.A.ga nisbatan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaynonani “tunagan” shaxs kelini bo‘lib chiqdi