17:50 / 17.03.2020
4 491

O‘zbekistonda qaysi tovarlar narxi sun’iy oshirilib, xalqni g‘azablantirmoqda?

O‘zbekistonda qaysi tovarlar narxi sun’iy oshirilib, xalqni g‘azablantirmoqda?
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan karantin vaqtida bozorlar va dorixonalardagi narxlarni qattiq nazorat ostiga oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

17 mart holatiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasiga 1635 ta murojaat kelib tushgan. Aksariyat fuqarolar kartoshka (497), un (306) hamda o‘simlik yog‘i (63) narxining oshib ketganidan shikoyat qilgan.

Murojaatlarning katta qismini tibbiyot niqoblari narxining oshganligi tashkil etmoqda (240 kishi shikoyat qilgan). Shuningdek, 46 nafar fuqaro antiseptik vositalar narxining ko‘tarilib ketganini bildirgan.

Viloyatlar kesimida olganda shikoyatlarning 238 tasi Samarqand, 288 tasi esa Toshkent viloyatlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Andijondan 202 ta murojaat kelib tushgan. Eng kam murojaatlar Xorazm viloyati (12), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (16) va Sirdaryo viloyati (17)dan bo‘lgan.

«Soliq xizmati xodimlari barcha murojaatlar ustida diqqat bilan ish olib bormoqda, narxlarning asossiz ko‘tarilishiga qarshi profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, vijdonsiz tadbirkorlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilmoqda. Har bir murojaat DSQ rahbariyati nazorati ostida», — deyiladi xabarda.

Narxlarning asossiz ko‘tarilishiga duch kelgan har bir fuqaro Davlat soliq qo‘mitasining (71) 244-98-98 yoki 1198 qisqa raqamlari orqali Call-markaziga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekistondagi tadbirkorlardan koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, tibbiy niqoblar ishlab chiqaruvchi korxona xodimi individual himoya vositasi — tibbiy niqoblar narxi oshishining sababini tushuntirdi. Shuningdek, O‘zbekistonda koronavirus sabab oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi bo‘lmasligi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qaysi tovarlar narxi sun’iy oshirilib, xalqni g‘azablantirmoqda?