Foto: Getty Images
Professor turli mahsulotlarni iste’mol qilish borasida internetda joylashtirilgan tavsiyalarga amal qilavermaslikni so‘radi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrulla Mustafoyev “O‘zbekiston24” telekanaliga bergan intervyusida inson immun tizimini kuchaytirish uchun iste’mol qilinadigan mahsulotlar borasida o‘z tavsiyalarini berdi.
“Yuqori kaloriyali taomlar iste’mol qilish kerak, faqat yoshga qarab. Yoshi kattalar yog‘sizroq mol go‘shti iste’mol qilishlari lozim. Inson qishdan holsizlanib chiqadi. Shuning uchun vitaminga boy turli salatlar yeyish kerak.
Albatta, faqat go‘sht yeyish kerak degani emas. Har kuni tuxum, dukkakli mahsulotlar yeb turish darkor. Haftalik menyu tuzib, uning har xil bo‘lishiga e’tibor qaratishni tavsiya qilaman”, dedi professor.
Xayrulla Mustafoyev shuningdek, turli mahsulotlarni iste’mol qilish borasida internetda joylashtirilgan tavsiyalarga amal qilavermaslikni so‘radi.
Professorning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat maslahatlar yolg‘on maslahatlar bo‘lsa, ayrimlar o‘z sharoiti, iqlimidan kelib chiqib maslahatlar beradi.
“Ular laboratoriyada o‘tirib ilmiy ish qiladigan olimlardir. Ular bizning iqlimimiz, urf-odatlarimiz, turmush tarzimizni bilmasdan maslahat beradi. Odamlar esa ularga ishonib bu tavsiyalarni qilib ko‘radi”, dedi olim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi