Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan joriy yilning 5 aprelidan boshlab, Toshkent shahrida velosipedlarning harakatlari to‘xtatilishi haqidagi mish-mishlar soxta, deya ma’lumot bermoqda IIV axborot xizmati.
30 mart soat 6.00dan boshlab, viloyatlar markazi, Toshkent va Nukus shahrida ahamiyati yuqori bo‘lmagan hamda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklov joriy etildi. Ammo ushbu chora-tadbir mototransport, velosiped va skuterga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovning bildirishicha, avtomobil harakati cheklanishi mototransport, velosiped va skuter egalariga tatbiq etilmaydi hamda ular maxsus ruxsatnomasi harakatlanadi.
«Ayni paytda ushbu cheklov velosiped, skuter yoki mototransport haydovchilari uchun amal qilmaydi. Ammo ular ham karantin davrida jamoat joyida bo‘lish qoidasini buzmasligi lozim. O‘rnatilgan tartibda, yuz niqobi bilan faqat oziq-ovqat, dorixona va boshqa kechiktirib bo‘lmas ehtiyojlar uchun ko‘chaga chiqish tavsiya etiladi», - dedi u.
Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov avtomobil harakati cheklanishi viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun amal qilishini aytib, tumanlar ichida harakatlanish cheklanmaganini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi