
3 aprel kuni Qashqardaryo viloyati Dehqonobod tumanida hojatxonaga chuqur qazish vaqtida sodir bo‘lgan fojia oqibatida bir oilaning uch a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Dehqonobod tumani shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga 16 yoshli X.H. o‘ta og‘ir ahvolda olib kelingan.
Unga zaharli gazdan o‘tkir zaharlanishning o‘ta og‘ir darajasi, o‘tkir toksemiya davri, o‘pka shishi, aspiratsion sindrom, o‘tkir nafas yetishmasligi, o‘tkir yurak va qon tomir yetishmasligi, toksik koma tashxisi qo‘yilgan.
Zudlik bilan tekshiruvlar o‘tkazilib, bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, bemor yashaydigan xonadonning oila a’zolari eski hojatxona yonidan yangi chuqur qazishayotgan paytda o‘rtadagi devor yorilib ketishi natijasida X.H.ning otasi (48 yosh), onasi (44 yosh) hamda 20 yoshli opasi voqea joyida vafot etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar