date
views 3 509

Nega yangi viruslar paydo bo‘lmoqda?

Nega yangi viruslar paydo bo‘lmoqda?
Foto: «Hi-news.ru»
Insoniyat faoliyati ortidan atrof-muhitning o‘zgarishga uchrashi yangi viruslarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘layotganini olimlar aniqlashdi, deb yozmoqda «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri.

Bu yerda gap insonga moslashgan viruslar xususida boryapti. Olimlar bu viruslarni tahlil qilish davomida eng ko‘p xavf tug‘diruvchi uch xil hayvonlar toifasini belgilashdi.

1. Uy hayvonlari. Epidemiya uy hayvonlari orqali eng ko‘p tarqaydi. Bu jonivorlar yovvoyi tabiatda yashovchilariga qaraganda viruslarni odam bilan sakkiz baravar ko‘proq bo‘lishadi.

2. Inson faoliyatiga moslashgan yovvoyi hayvonlar. Urbanizatsiya sayyoramizda hayvonot olami xilma-xilligini kamaytirgani bilan, ayrim turlar yangi muhitga boshqalariga nisbatan ancha moslashib ketgan. Ba’zi xil kemiruvchilar (masalan, sichqon va kalamushlar), ko‘rshapalaklar va maymunlar bunga misoldir.

3. Ov qilish, savdosi bilan shug‘ullanish va yashash muhit sifati pasayib ketgani bois qirilib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar. Tadqiqotlar boshqa sabablar oqibatida populyatsiyasi qisqarib borayotgan jonivorlarga qaraganda, ayni shu toifa hayvonlar zooz viruslarni ikki hissa ko‘p tashishini ko‘rsatmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nega yangi viruslar paydo bo‘lmoqda?