date
views 3 485

Qaysi kasb egalari koronavirus bilan ko‘proq kasallanishi mumkin?

Qaysi kasb egalari koronavirus bilan ko‘proq kasallanishi mumkin?
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bugun AOKA shtabida o‘tkazilgan brifingda ishtirok etgani haqida xabar berilgandi.

Brifingda u koronavirus bilan ko‘proq kasallanishi mumkin bo‘lgan kasb egalarini ma’lum qildi:
– «Kontingent riska» degan tushuncha bor, ya’ni xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan aholi qatlami, xavf bevosita kasbiga bog‘liq bo‘lgan sohada ishlovchi fuqarolarimiz mavjud.

Bular, birinchi navbatda bemorlar bilan muloqotda bo‘ladiganlar, ya’ni tez tibbiy yordam xizmati xodimlari, shifokorlar, feldsherlar.

Bugungi kunda ular kasallanmasligi uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Shuningdek, Toshkent shahri va viloyat markazlarida tez tibbiy xodimlari, shifoxonalar, oilaviy poliklinikalardagi fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan registratura xodimlari, qabul bo‘limidagi shifokorlar, hamshiralarni TЕKSHIRISH rejalashtirilgan.

Shuningdek, jamoatchilik bilan ko‘p ishlaydigan kasb egalari bor. Bular kassirlar, sotuvchilar bo‘lishi mumkin.

Umuman, kasallik yuqtirish ehtimoli yuqori bo‘lgan kasb egalarining RO‘YXATI shakllantirilgan. Ushbu kasb egalarini epidemiologik ko‘rsatmaga asosan tekshirish ishlari rejalashtirilgan, – dedi Bahrom Almatov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qaysi kasb egalari koronavirus bilan ko‘proq kasallanishi mumkin?
-->