date
views 3 233

Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini foydalanishda yengilliklar beriladi

Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini foydalanishda yengilliklar beriladi
Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini boshqarish uchun yengilliklar berilishi kutilmoqda.
Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Markaziy bank onlayn brifingida ma’lum qilgan.

«Kechadan boshlab O‘zbekiston hududida yuk avtomobillariga bo‘lgan cheklovlar bekor bo‘ldi. Endi 1-2 kunda tadbirkorlarimiz ko‘plab murojaatlar bilan chiqishmoqdaki, ularning mashinasi shaxsiy. Shaxsiy mashinalarga esa ruxsat yo‘q, faqat tashkilot avtomobillariga stiker berilmoqda. Shu nuqtai nazardan, hozir bu bo‘yicha ham 1-2 kun ichida Bosh vazirimiz rahbarliklaridagi komissiyaning qarori chiqadi, buni ham yengillashtiramiz», - deya ta’kidladi Bosh vazir o‘rinbosari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini foydalanishda yengilliklar beriladi