16:20 / 19.04.2020
2 229

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning jami soni 214 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning jami soni 214 nafarga yetdi
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan xavotirli vaziyatda odamlarni quvontiradigan, bemorlarga ishonch baxsh etadigan xayrli xabarlar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bunda fidoyi tibbiyot xodimlarining mardonavor sa’y-harakati muhim o‘rin tutmoqda.

Bugun yurtimizda 20 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, kasalxonadan chiqdi.
Xususan, Buxoro viloyati ixtisoslashgan tibbiyot muassasasidan 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shifo topganlarning barchasi joriy yil 25 mart kuni charter reys bilan Rossiyadan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat ixtisoslashgan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan. Sog‘ayganlarning 9 nafari erkak, 1 nafari ayol. Ularning 3 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, Toshkent shahri, Navoiy, Surxondaryo, Jizzax va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Shuningdek, Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Tuzalganlarning 6 nafari poytaxtimizdan, 3 nafari Toshent viloyatidan va 1 nafari Qashqadaryo viloyatidan. Ulardan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, yuqtirib olishgan. Shuningdek, ularning 2 nafari Rossiyadan poytaxtimizga kelgan va «Sokol» oromgohida karantinga olingan, yana 1 nafari esa Moskva – Toshkent yo‘nalishida charter reysi orqali kelgach, Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markaziga joylashtirilgan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanishni boshlashgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

So‘nggi tekshiruv natijalari ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Mazkur klinikada shu paytga qadar 17 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 27 nafarga yetdi.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 214 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning jami soni 214 nafarga yetdi