19:15 / 28.04.2020
4 967

Iftorlik dasturxonini tovuqli beshbarmoq bilan bezaymiz

Iftorlik dasturxonini tovuqli beshbarmoq bilan bezaymiz
Foto: Getty Images
Beshbarmoq istalgan dasturxonga ko‘rk beruvchi, mazasi og‘izda qoluvchi tansiq taom sanaladi. Uni iftorlikka tayyorlab, oila a’zolaringiz kayfiyatini ko‘tarishingiz mumkin.

Ushbu taom uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
Tovuq — butun
Piyoz 1 dona
Sabzi 1 dona
Tuz — ta’bga qarab
Lavr yaprog‘i

Xamir uchun:
Un — 600-650 gr
Suv — 350 ml
Tuxum 2 dona
Tuz — bir chimdim

Bezak uchun:
Piyoz va murch

Tayyorlanish jarayoni:
- Tovuqdan bulon tayyorlab oling, unga sabzi va piyoz hamda lavr yaprog‘i soling.
- Qaynaganidan keyin ko‘piklarini olib miltillatib past olovda qaynating, bulon tiniq bo‘lib pishishi kerak.
- Tovuqli bulon qaynaguniga qadar xamir qoring.
- Xamir har doimgidek qoriladi: tuzli suv, un, tuxumni qo‘shing. Xamir qattiq va tarang bo‘lishi kerak.
- Tayyor xamirni paketga solib biroz tingani qo‘ying.
- Xamirni jo‘​va bilan katta qilib yoyib, to‘rtburchak shaklda qilib kesib chiqamiz (qalin yoki ingichkaligi o‘zingiz va oila a’zolaringiz xohishiga bog‘liq)
- Kesilgan xamir bo‘laklarini biroz stol ustida qoldiring.
- Bulondan tovuq va sabzavotlarni oling.
- Tuz soling va kesilgan xamir bo‘laklarini pishirib oling.
- Xamir yopishib qolmasligi uchun kam-kamdan solib pishiring.
- Lagan yoki kattaroq idishga birinchi bo‘lib xamirni soling.
- Ustidan tovuq go‘shtini soling.
- Quruq bo‘lmasin desangiz bulyondan 3-4 qoshiq solishingiz mumkin.
- Taom ustini murchlangan piyoz bilan bezang.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Iftorlik dasturxonini tovuqli beshbarmoq bilan bezaymiz
ePN