Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) koronavirusning yangi turi COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga tibbiy himoya anjomlarini taqdim etdi.
Turkiya elchisi Mehmet Sureyya Er va TIKA Toshkent Dasturi koordinatori Jamalettin Tuney ishtirok etgan xayriya tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasiga TIKA tomonidan yetkazib berilgan 5 mingta himoya kiyimlari, tibbiy niqoblar, yuz himoya vositalari, qo‘lqoplar va ko‘zoynaklardan iborat tibbiy anjomlar taqdim etildi.
Marosimda so‘zga chiqqan elchi Er, Turkiya dunyoning qariyb 60 davlatiga tibbiy yordam ko‘rsatganini ta’kidlab, Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an o‘tgan hafta O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqotida, O‘zbekistonga tibbiy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirganini aytib o‘tdi. Shuningdek, TIKA orqali qardosh o‘zbek millatining pandemiyaga qarshi kurashida o‘z hissalarini qo‘shmoqchi ekanliklarini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Ravshan Izamov O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Turkiyaning bu og‘ir kunlarda ko‘rsatayotgan yordami bu ikki davlat o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari eng yuqori darajada ekanidan dalolatdir», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi