
Muborak Ramazon oyida mamlakatimizda saxovatpesha insonlar, tadbirkorlar, turli idoralar va tashkilotlar tomonidan yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, ularga ko‘mak berish bo‘yicha xayriya tadbirlari davom etmoqda.
Sirdaryo viloyatida Majburiy ijro byurosi tuman(shahar) bo‘limlarining tashabbusi bilan aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbirlarda, ijro hujjatlariga asosan 131 nafar qarzdorlarning 21,7 mln.so‘m, elektr, tabiiy gaz hamda maishiy chiqindi xizmatlaridan bo‘lgan qarzdorliklari bo‘yicha jami 159 nafar oilaning 28,9 mln.so‘m qarzdorliklari saxovatpesha insonlar va saxiy tadbirkorlar tomonidan bartaraf etildi.

Shuningdek, kundalik hayotda iste’mol qilish uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak!
Byuroning Sirdaryo viloyati boshqarmasi
jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog‘i
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar