
AQSHlik va belgiyalik olimlar lamalarning qon tarkibida Covid-19ni davolash uchun dori ishlab chiqarishga yordam beradigan antitanachalarni topishdi. Bu haqda NYT xabar berdi.
Ostin shahridagi Texas universiteti professori Jeyson Maklellanning aytishicha, lama organizmidagi antitanachalar asosida yaratilgan preparat koronavirusga qarshi kurashni zudlik bilan boshlash imkoniyatiga ega. Faqat vaksinani oldin qabul qilish kerak. Shunda agar inson mabodo tojdor virusni yuqtirib olsa, u ushbu dardga qarshi shu zahotiyoq kurashishga kirishadi.
Olimlar uzoq vaqtlardan buyon lama qoni tarkibidagi antitanachalarni turli kasalliklar, jumladan, OIV va grippga qarshi ta’sirini o‘rganish ustida ish olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar