17:35 / 10.05.2020
3 675

Koronavirus kimda ko‘proq aniqlanmoqda? Karantindami yoki kasallanganlar bilan muloqot tufayli?

Koronavirus kimda ko‘proq aniqlanmoqda? Karantindami yoki kasallanganlar bilan muloqot tufayli?
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimizda so‘nggi 14 kun ichida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish manbalari tahlil qilindi.

Oxirgi ikki hafta davomida qayd etilgan 542 holatdan 235 tasi xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar bilan bog‘liq bo‘ldi. Ayniqsa, bugun, 10 may (53 holatda) va 7 may (45 holatda) kunlari bu boradagi ko‘rsatkichlar ancha yuqori bo‘ldi.

Qolgan 307 holatda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lish orqali kasallik yuqtirilgan.

Bugun mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan 62 holatning 53 tasi xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar bilan bog‘liq bo‘ldi. Ayni paytgacha kasallangan 2411 nafar bemordan 1870 nafari butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 77 foizni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus kimda ko‘proq aniqlanmoqda? Karantindami yoki kasallanganlar bilan muloqot tufayli?