31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyatiga tutash, Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘ida suv uchun katta janjal ro‘y bergan. Ikki qishloq aholisi buloq o‘ziga tegishli ekanini da’vo qila boshlagan.
Internetda tarqalgan videolarda tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilgani, chegara simto‘siqlarini ko‘chirib olishga uringanini ko‘rish mumkin.
DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati ushbu hodisa bo‘yicha munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahalliy ma’muriyatlarining mas’ul rahbarlari voqea joyida uchrashgan.
«Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda», deyiladi DXX Chegara qo‘shinlari xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi