
Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatori O‘zbekistonda ham futbol uchrashuvlari va mamlakat ichki chempionati to‘xtatilgan edi.
O‘zPFL yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda milliy chempionat bahslarini davom ettirish bo‘yicha o‘z rejalarini ishlab chiqqani va buni Superliga klublari bosh murabbiylari bilan muhokama qilgani haqida oldinroq xabar bergan edik.
Shu tariqa, O‘zPFL O‘FA bilan kelishgan holda Coca Cola Superligasi bahslarini 13 iyundan boshlab davom ettirishga qaror qildi. Ta’kidlash joiz, orada yuzaga kelgan tanaffus sababli, chempionat bahslari iyul oyida ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bahslar shuningdek, dekabr oyigacha davom etadi.
Shuningdek, OFK ayni damda OCHL bahslari taqvimini ishlab chiqayotgani hamda kuz oyiga FIFA kunlari belgilangani sababli chempionat taqvimida o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin.
Coca Cola Superligasi to‘liq taqvimi keyinroq tasdiqlanadi.
Birinchi davra taqvimi:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar