Foto: «Zen.yandex.ua»
Niderlandiyalik shifokorlar K vitamini past darajasi bilan koronavirusning jiddiy asoratlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi, deya xabar berdi «Dutch News» nashri.
«Virusdan vafot etgan yoki asoratlar tufayli intensiv terapiyaga tushib qolgan bemorlarda K vitamini darajasi sog‘lom odamlarga qaraganda ancha kam bo‘lganligini aniqladik. K vitamini bilan kasallik rivojlanishi o‘rtasida bog‘liqlik bor deb o‘ylaymiz», — dedi Neymegen shahar shifoxonasi o‘pka bo‘yicha mutaxassis Rob Yansen.
Neymegen shahar shifoxonasi koronavirus bilan K vitamini o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
«K vitamini kasallik alomatlarini yengillashtirishga yordam berganida juda soz bo‘lardi. Biroq bu xavfsiz bo‘lishi zarur. Masalan, trombozi bor yoki qonni suyultiruvchi preparatlarni ichuvchi kishilar uni qabul qilolmaydi», — deya qo‘shib qo‘ygan shifokor.
Masalan, tuxum yoki ismaloq tarkibidagi K vitamini qonning me’yorda ivishini ta’minlaydi, shuningdek, organizm to‘qimalarida oqsilning sintez yo‘li bilan hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi