13:50 / 05.06.2020
5 240

Koronavirus sabab konditsionerdan foydalanish xavfli bo‘lib qoldimi?

Koronavirus sabab konditsionerdan foydalanish xavfli bo‘lib qoldimi?
Foto: «mosng.ru»
Virusolog Aleksandr Lukashev koronavirus infeksiyasining tarqalishi paytida konditsionerdan foydalanish xavfi haqida gapirdi.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, konditsionerning ishlashi tufayli virusni 1,5 metrdan oshiq masofaga tarqaladigan qo‘shimcha havo oqimi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, Lukashev bu holatda konditsionerlar ventilator va hatto oddiy yelvizakdan farq qilmasligini ta’kidladi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, konditsionerlar ventilatorlarga qaraganda xavfsizroq.

«Sovutish samarali bo‘lishi uchun konditsioner ventilatorga qaraganda kamroq havo oqimini chiqaradi», deb tushuntirdi Lukashev.
Uning tavsiyasiga ko‘ra, ofislarda konditsionerlardan foydalanishga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Uyda esa uni cheklovsiz ishlatish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus sabab konditsionerdan foydalanish xavfli bo‘lib qoldimi?