
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 34 kishiga Covid-19 tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi.
«2020 yil 9 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4482 (+34) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi Karantin markazidagi (shundan 24 nafari xorijdan kelgan, 10 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan) fuqarolar orasida qayd etilgan», – deyiladi vazirlik xabarida.
Kasallikdan tuzalganlar soni 3444 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 3 nafari kecha, 87 nafari bugun sog‘ayib chiqdi.
Hozirda O‘zbekistonning 9ta shahridagi shifoxonalarda jami 1020 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Ulardan 8 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar