20:21 / 12.06.2020
2 569

«O‘zim ham 15 yil ijarada yashaganman». Shavkat Mirziyoyev Olmazordagi olimlar mavzesida bo‘ldi

«O‘zim ham 15 yil ijarada yashaganman». Shavkat Mirziyoyev Olmazordagi olimlar mavzesida bo‘ldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilm-fan namoyandalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda olim va pedagoglarning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratib, ular uchun ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.

Shunga muvofiq, Toshkentdagi Talabalar shaharchasida oltita 9 qavatli uy qurildi. 216 ta xonadon jihozlangan holda foydalanishga topshirilgan. Uylarning devorlari energiya tejovchi materiallar bilan qoplangan, xonadonlarga alohida isitish moslamalari o‘rnatilgan. hovlilarida bolalar va sport maydonchalari, avtoturargohlar tashkil etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi davomida mazkur uylarda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgan, xonadon egalari bilan suhbatlashgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Sizlarni, sizlar orqali bu yerda yashaydigan barcha oilalarni tabriklayman, mana shu shinam, zamonaviy uylar muborak bo‘lsin! O‘zim ham qishloqdan kelib, 15 yil ijarada yashagan odam sifatida bu narsaning qadrini juda yaxshi his qilaman», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Biz olim va pedagoglardan natija kutardigu, sharoitini so‘ramasdik. Sizlarni ham rozi qiladigan vaqt-soat keldi. Ilmli odamlar — mamlakatimizning oltin fondi. Ularning qo‘lida kelajagimiz bo‘lgan bolalarimiz tarbiyalanadi. O‘qituvchilar uyli bo‘lib, oilasidan ko‘ngli to‘q bo‘lsa, kasbiga mehr bilan, Vatanga sadoqat bilan ishlaydi», — dedi Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Bu uylar sizlarga buyursin, shu yerda to‘ylar qilinglar. Farzandlaringiz, nevaralaringiz ota-onam ilmni tanlab kam bo‘lmadi, deb yursin», – deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Foto: Prezident matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zim ham 15 yil ijarada yashaganman». Shavkat Mirziyoyev Olmazordagi olimlar mavzesida bo‘ldi