10:01 / 14.06.2020
2 193

Samarqandda MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringan ayolga sud hukmi o‘qildi

Samarqandda MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringan ayolga sud hukmi o‘qildi
2020 yilning 21 yanvarida Samarqand shahridagi «Tinchlik» mahallasida yashovchi ayol D.R. MIB xodimlariga qarshilik qilib, ularga benzin sepib yoqib yubormoqchi bo‘lgani xabar berilgan edi.

Voqea joyi
Foto: «Daryo»

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan shu kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayol qo‘lga olingandi.

Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, 11 iyun kuni ushbu jinoyat ishi Samarqand shahar sudi sudyasi Abduhakim Oltiboyev raisligida ko‘rib chiqildi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, 21 yanvar kuni MIB Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi M.Bekmuhammedov 12 nafar davlat ijrochisi yordamida Samarqand shahar sudining 2019 yil 12 sentabrdagi ijro hujjatiga asosan javobgar D.R.ni xonadonidan majburiy chiqarishga uringan.

Voqea joyi
Foto: «Daryo»

Ammo fuqaro D.R. uy-joydan chiqishdan qat’iy bosh tortib, MIB Samarqand shahar bo‘limi xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ayol ularning ustiga benzin yoqilg‘isini sepib, qo‘lida yonib turgan sochiqni ham ularga qasddan uloqtirib, davlat ijrochilarini xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishiga majbur qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, D.R. Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil 7 oy 9 kun ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ushbu jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda MIB xodimlarini yoqib yuborishga uringan ayolga sud hukmi o‘qildi