
Byuroning Olmazor tumani bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayhontoxur tumanlararo sudining 09.12.2019 yilgi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “TIN GROUP” MCHJdan Trastbank XAB foydasiga 3 mlrd. 422 mln. 702 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 15.06.2020 yil kuni kelib tushgan.
Shu kuni ijro hujjati qo‘zg‘atilib davlat ijrochisi D.Ziyatov tomonidan qarzdorga ixtiyoriy to‘lash uchun muddat berilgan. Qarzdor jamiyat qonun talablari asosida ijro hujjatini ijrosini zudlik bilan ta’minladi, berilgan ixtiyoriy muddatda 3 mlrd. 422 mln. 702 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlik bo‘lim tomonidan to‘liq undirildi va 2020 yil 16 iyun kuni ijro hujjati tamomlandi.
Byuroning Bo‘limiQarzdor JamiyatTrastbank XABFuqarolik IshlariIjro HujjatiDavlat Ijrochisi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar