08:47 / 18.06.2020
3 863

Nurmat Otabekov aholi orasida tarqalgan mish-mishlarga javob qaytardi

Nurmat Otabekov aholi orasida tarqalgan mish-mishlarga javob qaytardi
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Savollardan biri koronavirus infeksiyasi soni bilan bog‘liq raqamlar haqida aholi o‘rtasida har xil tushunarsiz savollar kelib chiqayotgani haqida bo‘ldi. Xususan, xabarlarda e’lon qilinayotgan bemorlarning soni haqiqiy yoki haqiqiy emasligi, buning ortida odamlarni karantin talablariga rioya etishga undash maqsadi turgani borasida savol berildi.

Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, raqamlarni bo‘rttirib ko‘rsatish yoki ularni kattaroq raqam qilib ko‘rsatish — hech qachon O‘zbekistondagi soha vakillarining maqsadi bo‘lgan emas.

Eng asosiysi, bizda kasallikni yashirishga urinish yo‘q. Laboratoriya tekshiruvi natijasida aniqlangan har bir shaxs qaysi hududdan ekani, qaysi aholi qatlamiga mansub ekani, u karantin hududida yo xorijdan kelgan fuqarolar orasida qayd etilayotgani to‘g‘risida to‘liq axborotni bir kunda 2 marotaba televideniye orqali ommaga yetkazyapmiz.

Asosiy maqsadimiz — ularni xavotirga solish emas, ularni hushyorlikka chaqirish. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari atrofimizda borligini, har bir ehtiyotsizlik kasallikni yuqtirib olish ehtimolini yuzaga keltirishi mumkinligini biz qayta-qayta eslatyapmiz.

Dunyo statistikasiga ahamiyat bering: bir kunda, masalan bugun (15 iyun) jahon miqyosida 123 mingta bemor qayd etildi, kecha 140 ming bemor aniqlangan.

Albatta, dunyo hamjamiyatidagi raqamlarning oldida O‘zbekistonda ko‘rsatkichlar birmuncha past. Bularning barchasi — biz, sizlar bilan birgalikda olib borayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarimiz, qolaversa, shu ishga jalb qilingan soha xodimlarining sa’y-harakatlari natijasi.

Asosiy maqsad epidemik vaziyatni jilovlashga qaratilgan. Biz kasallik keng ko‘lamda aholiga tarqalib ketishining oldini olish bo‘yicha hamma ishlarni qilyapmiz. Aholiga to‘g‘ri ma’lumotni o‘z vaqtida yetkazishga harakat qilyapmiz
”, - dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov aholi orasida tarqalgan mish-mishlarga javob qaytardi