2020 yil 19 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5920 (+65) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 36 nafari Toshkent shahrida (shundan 22 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 14 nafari aholi orasida), 12 nafari Xorazm viloyatida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 8 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 2 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Andijon viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etilgan.
Yurtimizda ayni shu soatgacha 74 nafar bemor sog‘ayib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4273 nafarga yetdi.
Hozirda shifokorlarimiz mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1628 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi