FVV xodimlari kanalga cho‘kib ketgan Damasni qutqarishdi

FVV xodimlari kanalga cho‘kib ketgan Damasni qutqarishdi
2020 yil 20 iyul kuni soat 08.25 lar atrofida Jarqo‘rg‘on tumani G‘ur-g‘ur mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Amuzang kanaliga fuqaro T.A.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashina haydovchi ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, avtoulov kanalning qaysi qismiga tushib ketganligiga aniqlik kiritdilar va samarali, tezkor harakatlar natijasida avtomashinani suvdan olib chiqdilar.

Amaliy yordam ko‘rsatish ishlariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2 ta maxsus texnika, 10 nafar qutqaruvchi jalb qilindi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar