2 359
Aziz Abduhakimov: "Karantin kimgadir noqulaylik tug‘dirish uchun emas, balki juda zarur bo‘lgani uchun uzaytirilmoqda"
Karantin davrida ham fuqarolarning zaruriy holatlarda, qon tahlili, test topshirish, tibbiy yordam olish uchun harakatlanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. IIV tomonidan tashkil qilingan postlarda zaruriy holatlarda harakatlangan odamlarga lozim bo‘lsa, manziliga yetib olishlari uchun yordam ham beriladi.
Bosh vazir o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov «O‘zbekiston 24» telekanali muxbiri bilan suhbatda karantin muddati nima sababdan cho‘zilayotgani va mavjud vaziyat haqida ma’lumot berdi.
«Koronavirus yosh, millat, kasb yoki jamiyatdagi mavqega qarab tanlamaydi. Hozir kasallikning ko‘pchilikka yuqayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Afsuski, mening ota-onam ham virus bilan zararlandi. Ular barcha karantin qoidalariga rioya qilgan bo‘lishlariga qaramay, bozorda tasodifiy tarzda kasallik yuqtirib olishgan va hozir davolanishmoqda.
Bu kabi misollar juda ko‘p. O‘tgan hafta men uchun qadrdon bo‘lgan ikki nafar insonni yo‘qotdim. Bunday holatlar har birimizning hayotimizda kuzatilishi mumkin», – dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Maxsus komissiya a’zosi ayni paytda kasallikning barcha hududlarga tarqalgani, shuning uchun ham karantin qoidalari 15 avgustgacha uzaytirilayotgani, bu kim uchundir noqulaylik hosil qilish uchun qilingan qaror emas, balki juda zarur ekanini bildirdi.
«Lekin karantin davrida ham fuqarolarning zaruriy holatlarda, qon tahlili, test topshirish, tibbiy yordam olish uchun harakatlanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi. IIV tomonidan tashkil qilingan postlarda zaruriy holatlarda harakatlangan odamlarga lozim bo‘lsa, manziliga yetib olishlari uchun yordam ham beriladi.
Lekin hammamiz faqat karantingina kasallik tarqalishi zanjirini uzishga yordam berishini to‘g‘ri tushunishimiz lozim. Koronavirusdan zararlangan yoshlar uchun ham kasallik oqibatlari fojiali bo‘lmoqda. Masalan, Samarqand shahridagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 30 yoshli magistranti ham 2 kun oldin vafot etdi», – dedi Aziz Abduhakimov.
Bosh vazir o‘rinbosari tibbiyot muassasalariga murojaat qiluvchilar ko‘pligi, tibbiyot xodimlari ham imkon qadar harakat qilayotganini qayd etib, mavjud xalqaro tajriba karantin muddatini cho‘zish va kasallanish muddatini maksimal darajada uzaytirish zarurligini ko‘rsatayotganini aytdi.
«Albatta, hozir hammaga og‘ir bo‘lmoqda, ko‘pchilik daromad manbayidan mahrum bo‘lgan. Maxsus komissiya bunday odamlar haqida ham o‘ylamoqda. Ularga karantin cheklovlari davrida zaruriy oziq-ovqatlar yetkazib beriladi», – dedi Aziz Abduhakimov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi