Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sudlanuvchilar «Straus House» MCHJ ta’sischisi I. Isroilov, direktor A. Maxmutaliyev direktor o‘rinbosari D. Qutpiddinov bosh hisobchi O. Saidovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.
Sud hukmiga ko‘ra, I. Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qator moddalari bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil o‘tash uchun 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, A. Maxmutaliyev 7 yil, D. Qutpiddinov 8 yil 5 oy 26 kun ozodlikdan mahrum etish va O. Saidovga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sudlanuvchilar I. Isroilov, A. Maxmutaliyev, D. Qutpiddinov va O. Saidovlardan solidar tartibda tegishli tartibda davlat foydasiga 222 386 043 so‘m undirilishi belgilandi.
I. Isroilovdan «EZOZ MAX» va «SFS MAX» MCHJlarning faoliyati yuzasidan jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.
I. Isroilov, A. Maxmutaliyev, D. Qutpiddinov va O. Saidovlardan solidar tartibda «Straus House» MCHJning faoliyati yuzasidan jabrlanuvchilar foydasiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori undirilishi belgilandi.
Jinoyat ishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining ATIB «Ipoteka bank» Mehnat filiali hisob-raqamida saqlanayotgan hamda xatlangan Pokiston Islom Respublikasining «Chemikals & Marbels Lahore Pakistan» kompaniyasiga tuyaqush jo‘jalarini sotib olish maqsadida shartnomaga asosan ko‘chirilgan 1 854 000 000 so‘m miqdoridagi pullar tegishli tartibda yetkazilgan moddiy zararlarni qoplashga proporsional tartibda qaratilishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi