3 139
«Odnoklassniki»da 26 yoshli yigit bilan tanishib, uni «shantaj» qilgan "qiz" qo‘lga tushdi
Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqda bir yigit bilan qiz bola nomidan tanishib, uning suratlarini tarqatishini aytib 5 million so‘m talab qilgan firibgar qo‘lga olingani haqida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 9 iyul kuni 26 yoshli M.E. «Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zini Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi «Shoxista» ismli qiz sifatida tanishtirgan profil egasi bilan tanishgan.
M.E. unga rasmlarini yuborganidan so‘ng, qiz 5 million so‘mni bank orqali u aytgan plastik karta hisobiga tashlab bermasa, internet tarmog‘ida yigitni sharmanda qilishini aytib «shantaj» qilgan.
Samarqand viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida «Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmog‘idagi mazkur profil egasi aslida Samarqand tumanida yashovchi 44 yoshli F.X. ekanli aniqlangan. F.X. «o‘ljasi»dan talab qilingan pulning ma’lum bir qismini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
«Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi departament xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi