2 953
OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilindi
Foto: Davlat test markazi
Davlat test markazi yangi o‘quv yili uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan stadion va xiyobonlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra imtihonlar uchun mamlakat bo‘ylab umumiy hisobda 40 ta stadion va xiyobon (65 ta sektor) jalb etiladi.
Kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 2 ta hudud, Buxoro, Xorazm va Jizzax viloyatlarida 3 tadan, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 4 tadan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 6 tadan, Samarqand viloyatida esa 7 ta hudud jihozlanadi.
Toshkentda kirish imtihonlari 17 ta joyda o‘tkaziladi. Ularning 3 tasi «Paxtakor» stadioni hududida, 4 tasi Milliy bog‘da, 2 tasi Talabalar shaharchasi (O‘zbekiston Milliy universiteti)dagi xiyobonda, 5 tasi «Ashxobod» bog‘ida, 1 tasi G‘alaba bog‘i va 2 tasi Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tadi.
2020/2021-o‘quv yili qabulida OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 91 ta oliy ta’lim muassasasi va filiallarda ta’limning bakalavriat yo‘nalishiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2020 yil 2 sentabrdan boshlanadi va 12 kun davom etadi. Har kuni 2 bosqichda tashkil etiladi. Sinovlar o‘tkaziladigan joylarning barchasi videokuzatuv kameralar bilan jihozlanadi. Abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi.
Xavfsizlikni ta’minlashga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, turg‘un va qo‘lda olib yuruvchi metallodetektorlar, transport va aloqa vositalari hamda xizmat itlari jalb etiladi. Favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida har bir kuchishlatar tizimida xizmatga jalb etish uchun zaxira kuchlari shakllantiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi