Foto: «Gazeta.ru»
Massachusets shifoxonasi olimlari COVID-19 bemorlarida ayrim sitokinlar yuqori darajada bo‘lishi ularda koronavirusga nisbatan barqaror immunitet rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot-maqola bilan batafsil «Cell» jurnalida tanishishingiz mumkin.
Koronavirusdan vafot etganlarning taloq va limfa tugunlarini o‘rgangan mutaxassislar ularda immunitetni shakllantiruvchi germinativ markazlar mavjud emasligini aniqlashdi.
Odatda bu a’zolarda immun xotirada uzoq yashovchi, antitanachalar ishlab chiqaruvchi V-hujayralar yetiladi. V-hujayralar organizmga patogenni tez va samarali aniqlash, kasallik qaytalanganda unga tezroq hujum qilish imkonini beradi.
Germinativ markazlar shakllanishida yordamchi T-hujayralar muhim rol o‘ynaydi. Aniqlanishicha, COVID-19 og‘ir kechganida germinativ markazlar shakllanadigan joylarda juda ko‘p miqdorda signal molekulalari — TNF sitokinlari ishlab chiqiladi. Mutaxassislarga ko‘ra, sog‘ayib ketgan odamlar oradan bir necha oy o‘tib koronavirusni yuqtirib olishlari mumkin — qayta va qayta. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"