Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov ishtirokida “Koronavirus pandemiyasi vaqtida ko‘rilayotgan choralar”ga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Unda maktablarning ochilishi bilan bog‘liq amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi.
“Avvalambor maktablarni ochilishini ijobiy baholashimiz darkor, o‘quvchilarni nafaqat bilim olishi balki psixologik holati ham muhim jihat, biroq maktablarning ochilishida e’tiborga olishimiz zarur bo‘lgan tomonlari mavjud, jumladan:
- maktabga tashqaridan infeksiyaning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- o‘qituvchilar/o‘quvchilar va boshqa xodimlar orasida COVID-19 tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish.
Bu borada sanitariya me’yor va qoidalari ishlab chiqilgan va ayni kunlarda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda”, - dedi Rustam Ikromov.
Shuningdek, bu borada maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oid ma’lumot ham taqdim etildi.
“Avval xabar berganimizdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga bog‘liq 0373-20 sonli “COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar” sanitariya me’yor va qoidalari ishlab chiqildi va 2020 yil 12 avgustda tasdiqlandi. Ushbu qoidalarga muvofiq faoliyatni ruxsat etilgan kundan e’tiboran boshlashlari mumkin bo‘ladi”, - dedi shtab a’zosi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi