14:52 / 06.09.2020
2 294

22 mln. so‘mlik ish haqi undirildi

22 mln. so‘mlik ish haqi undirildi
Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo‘limi ish yurituvuga Nukus tumanlararo sudining 19.02.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Maktabgacha ta’lim vazirligidan undiruvchi I.Aytimov foydasiga 22 060 ming so‘m ish xaqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 28.02.2020 yilda kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunning 23-moddasiga asosan shu kunning o‘zida ijro hujjati qo‘zg‘atilib qo‘zg‘atish qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Davlat ijrochisi B.Matmurodov tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida joriy yilning 3 sentabr kuni 22 060 ming so‘m ish xaqi pullari to‘liq undirilib, undiruvchi hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 22 mln. so‘mlik ish haqi undirildi